Hindiston, Xitoy, AQSh, Frantsiya, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlardan 50 dan ortiq kompaniyalarni birlashtirgan 2019 yilgi xalqaro mahalliylashtirish forumi yakunlandi. Forum "O'zavtosanoat" AJ tomonidan avtomobil sanoatida mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirish, shuningdek, O'zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish va potentsial investorlar bilan yaqin hamkorlik aloqalarini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.
Mahalliy korxonalar bilan bir qatorda forumda boshqa mamlakatlardan Faurecia (Fransiya), Autoglass Corp (Janubiy Koreya), Yanfeng Adient (Xitoy), Spark Minda (Hindiston), Joyson Safety Systems (AQSh) va boshqa yirik avtomobil komponentlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ishtirok etdi.